10:05 / 15.01.2023
254

London markazida otishma: uch ayol va bir qizcha yaralandi

London markazida otishma: uch ayol va bir qizcha yaralandi
Kecha, 14 yanvar kuni tushdan keyin qurollangan noma’lum shaxslar London markazida o‘t ochishdi. Qurolli hujum natijasida uch ayol va bir qizaloq yaralangan. Ular o‘q jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Yuston vokzali yaqinidagi cherkov yonidan o‘tib ketayotgan mashinadan o‘q otilgan. O‘sha paytda cherkovda dafn marosimi bo‘layotgan edi.

41, 48 va 54 yoshli ayollar yaralangan. Qizcha esa – 7 yoshda.

Ayni paytda Britaniya politsiyasi voqea joyidan qochib ketgan jinoyatchilarni qidirmoqda, deb yozadi The Guardian. Hozircha ular hibsga olinmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo