
“Rossiya temir yo‘llari” mashinisti Sibirda izg‘irinda adashib boshqa joyga ketib qolgan maktab o‘quvchisiga uyiga qaytishiga yordam berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Dmitriy Perepyolkin Izinskiy - Novosibirsk-Glavniy yo‘nalishi bo‘ylab poyezdni haydab ketayotib, relslar bo‘ylab qorong‘uda ketayotgan qizni ko‘rib qolgan.
Maktab o‘quvchisi poyezdinini adashtirib, uyidan boshqa tomonga ketib qolgan. U telefonining quvvati tugashidan oldin onasiga boshqa bekatda tushganini aytishga ulgurgan.
“Bekatdan uzoqlashdik. Tezlikni yaxshigina oshirgandik, keyin ikkinchi yo‘l bo‘ylab qizaloq ketayotganini ko‘rib qoldik. Kech bo‘lgan, qorong‘u, sovuq, yaqin orada aholi punkti yo‘q, yaqin bekatgacha bo‘lgan masofa 10 kilometr, bu yerda poyezdlar tez-tez qatnab turadi”, - degan Perepyolkin.
Haydovchi favqulodda to‘xtab, bolani vagonga chiqargan. U yerda qizni isitib, choy berib, keyin politsiya orqali ota-onasiga topshirishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar