10:18 / 17.01.2023
239

Putin va Erdo‘g‘on telefon orqali Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar bilan ayirboshlashuvni muhokama qildi

Putin va Erdo‘g‘on telefon orqali Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar bilan ayirboshlashuvni muhokama qildi
Foto: Global Look Press
Rossiya va Turkiya prezidentlari telefon orqali suhbatlashib, Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar, «birinchi navbatda, yaradorlar» bilan ayirboshlashlash masalasini ham muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada mintaqaviy gaz xabini yaratish, don bitimini amalga oshirish haqida gaplashdi, hamda «Turkiya-Suriya aloqalarini normallashtirish masalalari»ni muhokama qildi.

«Vladimir Putin qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berish hajmini oshirayotgan g‘arblik homiylar ko‘magida jangovar harakatlarni kuchaytirishga umid bog‘lagan Kiyev rejimining destruktiv jihatiga e’tibor qaratdi. Kiyevning ikkiyuzlamachilik siyosatiga pravoslav Rojdestvosi davrida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilmagani misol bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Turkiya prezidenti matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, Erdo‘g‘on Putinni uning mamlakati Rossiya va Ukraina o‘rtasida «mustahkam tinchlik» o‘rnatish uchun vositachi rolini bajarishga tayyorligiga ishontirgan.

Turkiyaga, xususan, sentyabrda Mariupoldagi «Azovstal» zavodi mudofaasiga qo‘mondonlik qilgan ukrainalik harbiylar keltirilgandi. Rossiya tomoni o‘shanda ayirboshlashuv doirasida, shu jumladan, Kiyev tomonidan davlatga xiyonatda ayblanuvchi «Putinning qadrdoni» Viktor Medvedchukni qo‘lga kiritgan edi.

Turkiya ishtirokida iyulda don bitimi tuzilgan, u Qora dengiz portlaridan Ukraina donini chiqarib ketish imkonini bergandi.

Oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin avval Yevroittifoqqa «Shimoliy oqim» gaz quvuri orqali yetkazib berilgan yonilg‘ini Turkiya orqali, ushbu mamlakatda gaz xabini yaratgan holda qayta yo‘naltirishni taklif qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo