11:05 / 17.01.2023
443

Ramzan Qodirov Ukrainadagi nizoni uchinchi jahon urushi deb atash mumkinligini aytdi

Ramzan Qodirov Ukrainadagi nizoni uchinchi jahon urushi deb atash mumkinligini aytdi
Foto: Getty Images
Agar Yevropa va NATO mamlakatlarini xalqaro hamjamiyat va Ukrainadagi nizo ishtirokchilari deb hisoblasak, bo‘layotgan voqealarni uchinchi jahon urushi deb atash mumkin. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida aytib o‘tdi.

Shuningdek, Qodirov Yevropa mamlakatlarida muammolar kuzatilayotganini aytdi. U yerda mitinglar bo‘lib o‘tmoqda, rahbarlar ishdan olinmoqda, dedi Checheniston rahbari va Rossiyada, aksincha, «hech qanday muammolar yo‘q, prezident uchrashuvlar, yig‘ilishlar o‘tkazyapti, o‘z ishini qilyapti» deya qo‘shib qo‘ydi.

Biroq keyinroq o‘z Telegram-kanalida post yozib, Rossiya maxsus operatsiyasiga jahon urushi maqomini berish noo‘rin ekani, chunki «dunyo NATOdan iborat emasligi»ni, Xitoy, Hindiston, Pokiston kabi ko‘plab yirik mamlakatlar betaraflikni saqlayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda shu haqda gapirgan.

«Agar kimdir 'butun dunyo hamjamiyati' Rossiyaga qarshi deb hisoblasa va faqat NATOni 'dunyo hamjamiyati' deb bilsa, buni jahon urushi deb hisoblayversin», — deb yozdi Checheniston rahbari.

AQSH, Yevropa mamlakatlari va NATO Ukrainada Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin Kiyevga harbiy ko‘makni kuchaytirib, qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berishni boshladi, ammo ular nizoda ishtirok etmayotganini ma’lum qildi. Xususan, Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevroittifoq urush tomonlaridan biri emasligini aytgan va «Bunday bo‘lmayapti va bo‘lmaydi ham», — degan edi.

AQSH nizoda qatnashmasligi va u yerda parvozlar taqiqlangan hudud yaratmasligi haqida Pentagon rahbari Lloyd Ostin ham aytib o‘tgandi. Vashington, uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga harbiy yordam berishga va NATO hududlarini himoya qilishga e’tiborini qaratadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo