
Bundesver (Germaniya Federativ Respublikasining qurolli kuchlari) Polshaga Patriot zenit-raketa komplekslarini topshirishni boshladi. Jihoz bilan ishlaydigan birinchi harbiylar Germaniyadan yetib boradi, deb yozdi Wiadomosti Dzennik.
«Polsha Ukraina bilan chegaradagi mintaqadagi muhim infratuzilmani (...) ta’minlash uchun jami uchta Patriot batareyasini oladi», — deyiladi nemis agentligi bayonotida.
Yaqin kunlarda havo hujumidan mudofaa tizimlarining o‘zi ham qayta joylashtiriladi.
Ma’lumot uchun, Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext 2022 yilning noyabr oyi o‘rtalarida Ukraina bilan chegarada Polshaga qulagan raketa bilan bog‘liq hodisa fonida polshalik hamkasbi bilan Polsha havo hududini nemis qiruvchi samolyotlari tomonidan patrul qilish va Patriot havo mudofaasini joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgani edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar