date
views 209

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddati o‘zgartirildi

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddati o‘zgartirildi
Kecha, 18 yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentdagi chiqishi chog‘ida mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari joriy yilning 14 may kuni o‘tkazilishini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«1950 yil 14 may kunida marhum Adnan Menderes yirik g‘alabaga erishgan edi. 73 yil o‘tib, yana shu kuni xalqimiz «oltilik» blokining qarsak chalayotgan qo‘poruvchilariga yo‘q deydi», — dedi Turkiya prezidenti.

Joriy yilning 17 yanvar kuni Erdo‘g‘on boshchiligidagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) bilan ittifoqqa kiruvchi Millatchi Harakat partiyasi (MHP) rahbari Devlet Baxcheli Turkiyada umumiy saylovlarni iyun o‘rniga shu yilning may oyida o‘tkazishni taklif qilgan.

Shu tariqa, Turkiyada 18 iyunga belgilangan prezidentlik va parlament saylovlari muddatidan oldin — 14 may kuniga ko‘chirildi.

Avvalroq, Erdo‘g‘on Turkiyada 18 iyunga belgilangan prezidentlik va parlament saylovlarini kechiktirish ehtimoli haqida ham gapirgan edi. U kechiktirilishiga sabab sifatida mavsumiy sharoitlarni keltirgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari muddati o‘zgartirildi