Javohir Sindorov va Gukesh: ikkinchi partiyada ham durang qayd etildi

Sport1 daqiqa o'qish1
Javohir Sindorov va Gukesh: ikkinchi partiyada ham durang qayd etildi

Bugun, 25 noyabr kuni o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va Hindiston vakili, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahsning ikkinchi partiyasi o‘tkazildi. Jeneva yaqinidagi Koloni shahrida joylashgan Martin Bodmer jamg‘armasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar yana murosaga kelishdi.

Partiya Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlandi va 20:57 ga qadar davom etdi. Qariyb ikki soat davom etgan bahs yakunida Javohir Sindarov hamda Gukesh Dommaraju durangga imzo chekdi. Shu tariqa, ikki partiyadan keyin umumiy hisob 1:1 ko‘rinishini oldi.

Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempioni va unga da’vogar grossmeysterning har ikkisi ham 20 yoshda. Bu shaxmat tarixida jahon chempionligi uchun o‘tkazilayotgan eng yosh raqiblar ishtirokidagi bahs hisoblanadi. Ikki yosh iste’dodning chempionlik uchun kurashi shaxmat muxlislari e’tiborini tortmoqda.

Gukesh 2024 yil dekabr oyida Singapurda qo‘lga kiritgan jahon chempionligi unvonini ilk bor himoya qilmoqda. O‘shanda u xitoylik Din Lijenni 7,5:6,5 hisobida mag‘lub etgan. Hal qiluvchi 14-partiyada g‘alaba qozongan hindistonlik shaxmatchi 18 yoshida tarixdagi eng yosh mutlaq jahon chempioniga aylangan. Shu tariqa, u Garri Kasparovning 22 yoshida chempion bo‘lish bilan bog‘liq rekordini yangilagan.

Biroq bu safar Gukeshni jiddiy raqib kutib turibdi. Noyabr oyidagi Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida hindistonlik grossmeyster 2710 ochko bilan 26-o‘rinda qayd etilgan. Javohir Sindarov esa 2782 ochko bilan dunyoning to‘rtinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turibdi. Reytingdagi farq 72 ochkoni tashkil etadi.

Uchinchi partiya 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Javohir Sindarov oq donalarda o‘ynaydi. Chempionlik bahsi 14 tagacha klassik partiyadan iborat bo‘lib, g‘olibni aniqlash uchun shaxmatchilardan biri 7,5 ochko to‘plashi kerak. Agar asosiy bahs yakunida hisob teng bo‘lsa, chempion nomi tay-breykda aniqlanadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?