date
views 333

Uels malikasining siri: Keyt Middlton sumkasida har doim nima olib yuradi?

Uels malikasining siri: Keyt Middlton sumkasida har doim nima olib yuradi?
Foto: «Noviy ochag»
Keyt Middlton doimiy ravishda ommaviy tadbirlarda kichik sumka bilan ko‘rinish beradi va ko‘plab insonlar malikaning klatchida nima borligiga qiziqadi, deb yozadi «Noviy ochag».

Keyt Middlton har doim o‘zi bilan qanday narsalarni olib yuradi?

Foto: «Noviy ochag»
Marsiya Mudi o‘zining «Keyt. Tarjimai hol» kitobida aytishicha, malikaning kichik klatchida ixcham oyna, yuz uchun salfetka, dastro‘mol va lab bo‘yog‘i kabi narsalar mavjud. Agar sumka yetarlicha katta bo‘lsa, Ketrin suratga olish uchun fotoapparatini o‘zi bilan olib yuradi.

Uels malikasi uchun, albatta, ko‘p hollarda sumkada hamyon yoki kalit kabi narsalarni olib yurishning hojati yo‘qligi mantiqan to‘g‘ri bo‘lsa-da, u hatto uyali telefon olib yurishni ham zarur deb hisoblamaydi.

Qirollikning boshqa a’zolari sumkalarida nima olib yuradi?

Foto: «Noviy ochag»
Qolgan qirollik a’zolari, masalan, Megan Marklning sumkasida har doim qo‘l tozalash vositasi, shuningdek, tush va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak bo‘ladi. U ham Keyt kabi telefonini o‘zi bilan olib yurmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uels malikasining siri: Keyt Middlton sumkasida har doim nima olib yuradi?