06:30 / 23.01.2023
664

Afg‘onistonda ikki ayol o‘lgan sichqonni yeyishi oqibatida vafot etdi

Afg‘onistonda ikki ayol o‘lgan sichqonni yeyishi oqibatida vafot etdi
Foto: Reuters
Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida 16 dan 45 yoshgacha bo‘lgan to‘rt ayol oiladagi zo‘ravonlik tufayli o‘lik sichqon yedi, ularning ikki nafari vafot etdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bomiyon viloyatida sichqon iste’molidan to‘rt ayoldan ikkitasi 2 aprel kuni vafot etgan. Marhuma 16 yoshli qiz va 45 yoshli ayol bo‘lib, Karun va Sargul qishloqlari aholisi bo‘lgan. Bomiyon kasalxonasidagi ishonchli manba, shaxsi oshkor etilmasligi sharti bilan, yana ikki qiz o‘lik sichqon yeyishi oqibatida davolanayotganini aytgan.

«Tolibon» rasmiysi faqat ikkita o‘lim holatini tasdiqlagan. «Bomiyonliklar o‘lik sichqon yeb o‘z joniga qasd qildi, ular viloyat kasalxonasida vafot etdi», — deyiladi «Tolibon» murojaatida.

Shuningdek, «Tolibon» ikki ayolning o‘z joniga qasd qilishiga oilaviy zo‘ravonlik sabab bo‘lganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda ikki ayol o‘lgan sichqonni yeyishi oqibatida vafot etdi