
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb davlatlari Moldovani “navbatdagi Ukraina” sifatida ko‘rayotganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Sergey Lavrov “Rossiya segodnya” bosh direktori Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida Rossiya atrofidagi davlatlarning qaysi biri “Ukraina yo‘lidan” borishi mumkinligini aytdi.
“Hozir Moldova bu rolga ko‘z tikmoqda”, — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri va Moldova prezidenti Mayya Sandu NATOga a’zo bo‘lmoqchi ekanini aytdi.
“Birinchidan, ular mutlaqo o‘ziga xos usullar bilan demokratlikdan yiroq holda prezidentni mamlakat boshiga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Bu prezident NATOga kirishga intilmoqda, u Ruminiya fuqaroligiga ega va Ruminiya bilan birlashishga, umuman hamma narsaga tayyor”, — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova rasmiylarining NATOga intilishi G‘arb va Kishinyovning “5+2” formatidagi muzokaralarni qayta boshlashdan bosh tortishiga olib keldi.
“Ushbu format G‘arb tomonidan allaqachon yaroqsiz hisoblanadi, chunki i Kishinyovda hududiy yaxlitlikdan va Pridnestrove bilan kelishuvlardan manfaatdor bo‘lgan hokimiyat mavjud bo‘lganida zarur edi. Pridnestr muammosini kuch bilan hal qilishga tayyor bo‘lgan, u yerdan bizning tinchlikparvar kuchlarimizni va Kolbasnadagi o‘q-dorilar omborlarini qo‘riqlayotganlarni haydab chiqarishni talab qiladigan hukumat kelgach, hech qanday muzokara formati kerak emas, faqat hukumatni qo‘llab-quvvatlash kerak”, — dedi Lavrov.
Shuningdek, u “G‘arb Moldovani Rossiyaga qarshi davlatga aylantirmoqchiligini” xulosa qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Moldova Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bilan aloqalarni uzgan. Moldova razvedkasi rahbari Rossiya qo‘shinlarining Ukraina orqali Moldova tomon harakatlanishi xavfini “real va juda yuqori” deb atagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar