
Foto: Getty Images
Hongkong hukumati turizmni tiklashga ko‘maklashish uchun 2023 yilda 500 mingta bepul chipta tarqatilishini eʼlon qildi. Bu haqdagi maʼlumot Hongkong xalqaro aeroporti saytida paydo bo‘ldi.
Chipta “o‘yini” 2023 yil mart oyida boshlanadi va dastlabki ikki oy davomida faqat Janubi-Sharqiy Osiyo va Xitoy aholisi uchun, may oyidan esa hamma uchun ochiq bo‘ladi.
Turistlar Cathay Pacific, HK Express va Hongkong Airlines aviakompaniyalari tomonidan tashiladi. Chipta o‘yinida ishtirok etish uchun maxsus sahifada yoki aviakompaniyalarning veb-saytlarida ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Hongkong Xitoy Xalq Respublikasining maxsus maʼmuriy hududi bo‘lib, dunyoning yetakchi global shaharlari va moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Hongkong umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi, shuningdek, eng baland osmono‘par binolar soni bo‘yicha ham dunyo shaharlari orasida yetakchi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar