11:30 / 05.02.2023
1 958

Kiyevda Zelenskiyning tez orada isteʼfoga chiqishi haqida gapira boshlashdi

Kiyevda Zelenskiyning tez orada isteʼfoga chiqishi haqida gapira boshlashdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyda AQSH Demokratik partiyasi va Oq uy rahbari Jo Bayden pozitsiyalari sezilarli darajada zaiflashgani sababli isteʼfoga chiqish havfi mavjud. Bu haqda Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin maʼlum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Ekspertning fikricha, Amerika prezidentining ruhiy va jismoniy salomatligi kundan-kunga yomonlashmoqda. Bundan tashqari, uning o‘g‘li Xanter davlat rahbari va uning fraksiyasi obro‘siga putur yetkazuvchi korrupsiya mojarolari botqog‘iga botgan.

Uning qayd etishicha respublikachilar partiyasining norasmiy yetakchisi Donald Tramp, aksincha, asta-sekin obro‘ga ega bo‘lib, Bayden vakillarini Kongressdan siqib chiqarmoqda, bu esa AQSHda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda hokimiyat tepasiga kelishga yo‘l ochmoqda.

Yanvar oyida Tramp Ukrainadagi mojaro bo‘yicha o‘z pozitsiyasini eʼlon qildi: u Ukraina Qurolli kuchlariga qurol-yarog‘ yetkazib berilishiga qarshi chiqdi va Amerika rahbariyatining saʼy-harakatlarini Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatish uchun diplomatik maydonga jamlashni taklif qildi, deb esladi Soskin.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu respublikachilar saylovda muvaffaqiyat qozonsa, qo‘llab-quvvatlashdan mahrum bo‘lishi mumkin bo‘lgan hozirgi Ukraina rasmiylari uchun xavotirli alomatdir.

"Zelenskiy aslida tuzoqqa tushib qolgan. Va (Andrey. - tahr.) Yermak, u va butun guruh. Qopqon tashqi va ichki tomondan siqilmoqda. Zelenskiyga hech narsa yordam bermaydi”, dedi u.

Ekspert agar u o‘z ixtiyori bilan isteʼfoga chiqishga rozi bo‘lmasa, Ukraina rahbariga nisbatan tez orada impichment jarayoni boshlanishi mumkinligiga ishonchi komilligini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo