
Foto: Office of the Iranian Supreme Leader via AP.
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘n minglab mahbuslarni, jumladan, mamlakatdagi namoyishlarda qatnashganlarni afv etdi. IRNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, amnistiya Islom inqilobi g‘alabasining 44 yilligi va Rajab oyi sharafiga qo‘llanilgan.
«Oliy rahbar sud hokimiyati rahbari G‘ulom-Husayn Mohseni-Yejeining mamlakatdagi so‘nggi voqealar jarayonida hibsga olingan o‘n minglab ayblanuvchilarni afv etish yoki jazo muddatini qisqartirish taklifiga rozi bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, xorijliklar foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan, shuningdek, qotillik sodir etgan yoki jamoat binolarini vayron qilish va o‘t qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar amnistiyaga tushmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentyabr oyi o‘rtalaridan beri ro‘molni noto‘g‘ri o‘ragani uchun politsiya tomonidan hibsga olingan Mahsa Aminiy o‘limi ortidan Eronda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi. Aholi qizning o‘limida politsiyani ayblagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar