16:49 / 06.02.2023
678

Turkiyadagi zilzila qurbonlari 300 kishiga yaqinlashdi (foto, video)

Turkiyadagi zilzila qurbonlari 300 kishiga yaqinlashdi (foto, video)
6 fevral kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu Turkiyaning 10 ta shahri, shuningdek, qo‘shni Suriyada keng ko‘lamli vayronagarchilikka olib keldi. Turkiyada 284 kishi, Suriyada esa 237 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Gretsiya, Isroil, Ukraina va Yevropa Ittifoqi yordam ko‘rsatish haqida e’lon qildi.

Turkiyaning Malatya shahrida odamlar vayron bo‘lgan bino oldida turibdi
Foto: Reuters

Gretsiya rasmiylari, Afina va Anqara o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlardagi jiddiy keskinliklarga qaramay, zilzila sodir bo‘lgan hududga qutqaruv guruhlarini jo‘natishga tayyorligini ma’lum qildi. Bryussel ham zilziladan keyin qutqaruv ishlariga yordam berishga tayyorligini bildirdi. “Fikr-u xayolimiz Turkiya va Suriya xalqlari bilan. Yevropa Ittifoqi yordam berishga tayyor”, — deb yozdi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Twitter'da.

Zilzila oqibatida qisman vayron bo‘lgan Gaziantep qal’asining ko‘rinishi. Birinchi marta bu joyda qal’a eramizning II-IV asrlarida qurilgan, 527—565 yillarda qasr paydo bo‘lgan. O‘shandan beri u bir necha bor tiklandi va kengaytirildi, Usmonli imperiyasi davrida 1557 yilda minoralar qayta qurilgan.
Foto: Telegram

Foto: Global Look Press
Isroil hukumati Turkiyaga insonparvarlik yordami yuborishi haqida e’lon qildi. Isroil mudofaa vaziri Yav Galant o‘z idorasi va armiyaga zarur tayyorgarlik choralarini ko‘rishni topshirdi.

Bundan tashqari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga zarur yordam ko‘rsatishni va’da qildi. “Prezident Erdo‘g‘on, turk xalqi va Turkiyadagi zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildiraman, barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman. Ushbu og‘ir damda Turkiya xalqini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz yordam berishga tayyormiz. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur yordam ko‘rsatiladi”, — deb yozdi Zelenskiy Twitter'dagi sahifasida turk tilida.

Foto: Reuters

Foto: Reuters





Suriya1, Zilzila1, Turkiya1, Insonparvarlik yordami1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyadagi zilzila qurbonlari 300 kishiga yaqinlashdi (foto, video)