19:57 / 07.02.2023
1 381

Ramzan Qodirov Ukrainadagi urush qanday tugashini prognoz qildi

Ramzan Qodirov Ukrainadagi urush qanday tugashini prognoz qildi
Foto: Reuters
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainada urush qanday tugashini prognoz qildi. Bu haqda “RIA Novocti” xabar berdi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, urush masalasi 2023 yil oxirigacha hal bo‘ladi, shundan so‘ng “G‘arb tiz cho‘kadi”.

G‘arb tiz cho‘kadi va odatdagidek Yevropa davlatlari Rossiya bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Boshqacha holat kuzatilmaydi", — dedi Checheniston rahbari.

Qodirov Yevropa Ittifoqi mamlakatlari “o‘z siyosatlarining noto‘g‘ri ekanini” tan olishi haqida qayd etdi.

Avvalroq Checheniston rahbari Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganidan beri Chechenistondan 21 mingdan ortiq jangchi jangovar harakatlarda qatnashganini ma’lum qilgandi. U harbiylarning har biri barcha zarur kiyim-kechak va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangani, bu esa “samarali jang qilish” imkonini berishini ta’kidlagan.

Shuningdek, Qodirov Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng shaxsan o‘zi Polshani “denatsifikatsiya va demilitarizatsiya” qilish niyatida ekanini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polshaning Sileziya mintaqasi “alohida mustaqil maqomga loyiq”, yildan yilga u yerda hududning avtonom bo‘lishi tarafdorlari ko‘paymoqda. Qodirov u yerda referendum o‘tkazilishi kerakligi va Rossiya uni o‘tkazishda “tashkiliy yordam” bera olishini aytgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo