10:40 / 08.02.2023
280

Mashhur masjidning kichraytirilgan nusxasi Indoneziyada ochiladi

Mashhur masjidning kichraytirilgan nusxasi Indoneziyada ochiladi
Ramazon oyi arafasida 14 000 kishilik muhtasham Shayx Zayd masjidi ochiladi. "Indoneziyadagi Shayx Zayd masjidining ommaviy ochilishi bu yil Ramazon oyi oldidan bo‘lib o‘tadi", dedi mamlakatning din ishlari bo‘yicha vazirlik xodimi. Hukumat yangi masjid sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi va Islom markaziga aylanishidan umid qilmoqda.

Markaziy Javada joylashgan Solo shahridagi masjid Abu-Dabidagi BAAning marhum prezidenti Shayx Zayd bin Sulton al-Nahayon nomi bilan ataladigan mashhur inshootning kichraytirilgan nusxasidir.

Din ishlari vazirligi masjidlar bo‘limi boshlig‘i Akmal Salim Ruhananing aytishicha, hozirda masjid ochilish arafasida va qurilish ishlari yakuniy bosqichiga yetib qolgan.

“Masjidni Ramazondan oldin ochishimiz kerak, chunki biz muqaddas oy uchun bir qancha dasturlar tayyorlab qo‘yganmiz”, dedi Ruhana Arab News telekanaliga bergan intervyusida.

"Masjid Indoneziya va BAA o‘rtasidagi yaqin do‘stlik timsoli bo‘lib, har ikki davlat rasmiylari tomonidan boshqariladi", deya qo‘shimcha qildi Ruhana. Ikkala hukumat ham tez orada bir shaharda Islom markazi qurishni rejalashtirmoqda.

Bu ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar, Indoneziya va BAA o‘rtasidagi diplomatik aloqalar hamda ikki prezidentning yaqinligi va do‘stona munosabati ifodasidir”, dedi u.

Rasmiylar, shuningdek, masjid diniy turizmni rivojlantirishi mumkinligidan umid qilmoqda.

"Solo shahridagi Shayx Zayd masjidining bir qismi yoshlar Islom dinini o‘rganishi uchun o‘quv markaziga aylantiriladi", dedi Solo shahar hukumati vakili Xeni Ermavati Arab News'ga bergan intervyusida. "Ushbu go‘zal bino butun dunyo sayyohlari uchun diqqatga sazovor joyga aylanishi kerak", deya qo‘shimcha qildi u.

Indoneziya hukumati Abu-Dabidagi masjidning eskizini chizish uchun mashhur arxitektorlarni jalb qilgan. 14 000 kishi sig‘adigan masjidda yer va gilamlarga batik naqshlari, mintaqaga xos dizayn elementlari tushirilgan. Batik - Indoneziyadagi qadimiy san’at turi bo‘lib, an’anaviy ravishda matolarga mumga chidamli bo‘yoq yordamida chizilgan.

Hali omma uchun ochiq bo‘lmasa-da, masjid allaqachon Solo va butun mamlakat bo‘ylab shov-shuvga sabab bo‘lgan, aholi va mehmonlar uni tomosha qilish va suratga olish uchun hududga oqib kelishmoqda.

"Ushbu masjidning mavqei Indoneziya fuqarolariga mamlakat va BAA o‘rtasidagi munosabatlarning muhimligidan guvohlik berishi kerak, bu ikkala mamlakat uchun ham foydalidir", dedi mahalliy aholi vakillaridan biri.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo