13:16 / 08.02.2023
312

Suriya va Turkiyada zilzila oqibatida qadimiy obidalar vayron bo‘ldi

Suriya va Turkiyada zilzila oqibatida qadimiy obidalar vayron bo‘ldi
Qadimis qo‘rg‘on / Foto: Getty Images
YUNESKO ekspertlari uchun Turkiya va Suriyadagi zilzilaning tarixiy va madaniy obidalarga ta’sirini to‘liq baholash hali ham qiyin. Bu haqda 7 fevral kuni tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida ma’lum qilindi. Ayni damda BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha maxsus agentligi vakillari o‘zlariga kelgan barcha ma’lumotlarni yozib olyapti, bu vaqti kelganda kerakli joyga tez va samarali yordam bera olish uchun qilinyapti.

YUNESKOning Germaniyadagi vakili Timm Nikolaus Shulsening so‘zlariga ko‘ra, vaziyat bo‘yicha to‘liq hisobot uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. YUNESKOning yetakchi mutaxassislari hududlarga yuboriladi, biroq ayni damda odamlarga yordam berish ustuvor vazifadir.

Halabda yodgorliklar bilan bog‘liq vaziyat jiddiy xavotir uyg‘otyapti: qal’aga zarar yetgan, eski shahar devorining g‘arbiy minorasi qulab tushgan. Halab milliy muzeyi devorlarida ham yoriqlar paydo bo‘lgan. Halab va Xama viloyatlaridagi ko‘plab tarixiy binolar zarar ko‘rdi.

YUNESKO ekspertlari Turkiyadagi vaziyat haqida gapirar ekan, ayniqsa, Diyorbakir qal’asidagi bir qator binolarning qulashi haqidagi xabarlar ularni qayg‘uga solganini qayd etdi. Gaziantep qal’asi jiddiy shikastlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida 23 million odam jabrlangan. 8000 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Zilzila so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchlisi bo‘ldi. Qutqaruv ishlariga ob-havoning og‘irligi va mintaqada yo‘llarning vayron bo‘lgani to‘sqinlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo