
Britaniyaning Challenger 2 tanklari mart oyida Ukrainaga yetib boradi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ma’lum qildi.
«Biz o‘z texnikalarimizni o‘z ittifoqchilarimizga yetkazib berishni tezlashtiramiz. O‘tgan hafta Buyuk Britaniyaga kelgan ukrainalik ekipajlar kelasi oy Ukraina suveren hududini himoya qilish uchun Challenger 2 tanklaridan foydalanadi», – dedi u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Shuningdek, Britaniya bosh vaziri Ukrainaga harbiy yordam berishning har qanday ko‘rinishiga tayyor ekanligini aytdi.
«Avvalo, biz Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish haqida gap ketganda, biz hech narsani istisno qilmasligimizni uzoq vaqt davomida ochiq aytdik. Qiruvchi samolyotlar haqida gap ketganda, albatta, ular suhbatning bir qismidir», — dedi bosh vazir.

Joriy yilning 16 yanvar kuni Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles London Kiyevga Challenger 2 tanklari, AS-90 qurollari va Bulldog zirhli transportyorlarini yetkazib berishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 8 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi va bosh vazir Rishi Sunak bilan uchrashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar