
Foto: Reuters
Turkiyalik seysmolog Dogan Perinchek Turkiyaning Chanoqqal’a shahrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi zilzila haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Seysmolog Dardanel bo‘g‘ozi sohilidagi port shahrida so‘nggi 10 kun ichida seysmik faollik kuchayganini qayd etdi. U 10 yildan ortiq vaqt davomida maxsus xaritalar yordamida mamlakatdagi seysmik faollikni kuzatish va tahlil qilish bilan shug‘ullanganini ta’kidladi.
“Uch yildan beri Chanoqqal’ada zilzila bo‘lishini prognoz qilib kelaman. Ushbu hududda har 250 yilda bir marta 7 balli zilzila yuz berishi xavfi bor. Bu oxirgi marta 287 yil oldin sodir bo‘lgan. Endi uning vaqti keldi, u yerda har qanday vaqtda yer silkinishlari boshlanishi mumkin”, — dedi seysmolog.
6 fevral kuni Turkiyada kuchli zilzila yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 14 mingdan ortiq odam tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, 63 mingdan ortiq odam jarohatlangan. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda 7 kunlik milliy motam e’lon qildi, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan o‘nta viloyatda 90 kunlik favqulodda holat joriy etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar