Oleksiy Danilov: «Ukrainaning haqiqiy g‘alabasi – Rossiyaning parchalanishi»

Dunyo1 daqiqa o'qish642
Oleksiy Danilov: «Ukrainaning haqiqiy g‘alabasi – Rossiyaning parchalanishi»
Foto: Reuters
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov «Ukrainskaya pravda» nashrida e’lon qilingan maqolasida bugungi Rossiya va uning kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Rossiya bilan urush olib borayotgan davlatning xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rossiya hozirgi ko‘rinishida mavjud bo‘lib qolmasligiga urg‘u bergan. Maqoladagi asosiy fikrlar quyidagilardan iborat:

«Rossiya – nafaqat Ukrainaning muammosi. Qorason kabi tarqalgan bu muammo butun dunyoga tahdid solmoqda».

«Rossiya butun asrlar davomida bunday davlat huquq va erkinliklarni hurmat qila oladigan, umuminsoniy qadriyatlarni tan oladigan demokratik davlat bo‘la olmasligini isbotlab kelmoqda».

«Putinizm mafkurasi – zamonaviy fashizm shakli (rashizm) bo‘lib, uning bosh mafkurasi irqiy ustunlikka asoslangan».

«Rossiya ayni paytda mavjud bo‘lib turgan chegaralarda va shaklda saqlanib qolmasligi kerak. Rossiyaga xos bosqinchilik instinkti xavfi batamom yo‘qolishi uchun u transformatsiyaga duchor qilinishi lozim».

«Rossiya Ukrainaga va jahonga tahdid qilayotgan barcha narsalardan mahrum etilishi lozim».

«Avval tashqi, so‘ngra ichki mustamlakachilikdan xalos qilishning to‘liq sikli yakunlanidan so‘ng va hududida bir qator mustaqil davlatlar shakllantirilgach, Rossiya insoniyatga tahdid bo‘la olmay qoladi».

«Jahon toki o‘rta asrlarda qolib ketgan va barchani xurofot tomon yetaklayotgan Rossiya ko‘rinishidagi eski va zanglagan toshni oyog‘ida sudrab yurar ekan, gen injeneriyasi, sun’iy intellekt, yulduzlar tomon uchish, hayot va o‘lim sirlari ochiladigan kutayotgan kelajak tomon harakat qila olmaydi».

«Rossiyani xavfsiz ko‘rinishda demontaj qilish borasidagi suhbatlar qanchalik tez boshlansa, butun jarayon shunchalik tez va og‘riqsiz o‘tadi».

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?