739
Rossiya razvedkasi: AQSH Rossiya va MDH davlatlaridagi teraktlar uchun 60 nafar jangarini yolladi

Foto: AFP
AQSH razvedka idoralari yanvar oyida 60 nafar jangarini yolladi va ularni terakt uyushtirish uchun Suriyada o‘qitmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi razvedka xizmati (TRX) xabar berdi.
Qayd qilinishicha, teraktlar Rossiya va MDH davlatlarida uyushtirilishi mumkin. TRX ushbu bayonotida «ishonchli ma’lumotlarga asoslangani» aytilgan.
Departamentning press-relizida aytilishicha, terrorchilarni yollash «Islomiy davlat» va «Al-Qoida» bilan aloqador guruhlardan amalga oshirilgan. Hozirda go‘yoki yollangan jangarilar Suriyadagi At-Tanf Amerika bazasida tezkor tayyorgarlikdan o‘tmoqda. TRX ma’lumotlariga ko‘ra, «yaxshi himoyalangan obyektlarga, shu jumladan xorijiy diplomatik vakolatxonalarga hujumlarni rejalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda».
«Yaqin kelajakda jangarilarni kichik guruhlar tarkibida Rossiya va MDH davlatlari hududiga yuborish rejalashtirilgan. Ularga diplomatlar, davlat xizmatchilari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va harbiy xizmatchilarga qarshi teraktlar tayyorlash va amalga oshirish vazifasi yuklangan. Amerikaliklar rejasiga ko‘ra, ular xalqaro terroristik guruhlar, jumladan «Hizb ut-Tahrir», «Jamoati Ansorulloh» va «O‘zbekiston Islomiy Harakati»ning yashirin yacheykalari bilan hamkorlikda ish olib boradilar», deyiladi TRX xabarida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar