
Foto: Getty Images
13 fevral kuni Bundesver ukrainalik harbiy xizmatchilarga Leopard 2 asosiy jangovar tanklarini boshqarishga o‘rgatishni boshladi, deb ma’lum qildi Germaniya Mudofaa vazirligi vakili.
Mashg‘ulotlar Munsterdagi (Quyi Saksoniya) tank qo‘shinlari maktabida bo‘lib o‘tmoqda va birinchi chorak oxirida tanklarni Ukrainaga topshirish bilan «sinxron» tarzda yakunlanadi.
Berlin Kiyevga 14 ta Leopard 2A6 tanklarini va’da qilgan.
Germaniya hukumati Ukrainaga 178 ta Leopard 1 tankini topshirishga rozi bo‘ldi, deb yozdi Spiegel o‘z manbalarga tayanib. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy ta’minot haqida yaqin orada e’lon qilinadi.
Tanklarning bir qismi yozda Ukrainaga yetib boradi. Biroq, ta’minotning asosiy qismini Kiyev 2024 yilda oladi. Business Insider avvalroq Germaniya Ukrainaga 187 ta Leopard 1 tankini yuborishi haqida xabar bergan edi.
Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina kamroq tank olishi ham mumkin. Chunki tanklarni ta’mirlash uchun ularning ba’zilarini qismlarga ajratishga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, Rheinmetall qurolsoz kompaniyasi bosh direktori Armin Papperger 2023 yil oxirigacha Ukrainaga 20-25 ta Leopard 1 tanklari yetkazib berilishini aytdi. Qolgan 88 ta tank 2024 yilda jo‘natiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar