
TIME jurnali yangi soni muqovasini Chernigov viloyatining Yagodnoye qishlog‘i aholisiga bag‘ishladi. Ushbu fotoni mahalliy fuqaro Olga Menyaylo suratga olgan. TIME jurnali bir oy asirlikda saqlangan qishloq aholisi haqida material tayyorladi.

2022 yilning 3 martida rus qo‘shinlari Yagodnoye qishlog‘iga kirishadi. Ular aholini uylaridan haydab, qishloqdagi maktabning yerto‘lasiga joylab, asirlikka olishadi.
Ruslar deyarli bir oy davomida, 30 martga qadar Yagodnoyening barcha aholisini – 360 dan ortiq kishini, jumladan, bolalar va qariyalarni yerto‘lada ushlab turishgan.
Ularning uxlaydigan joyi yo‘q edi, havo yetishmas, odamlar bir necha nafari shu yerto‘lada halok bo‘lishgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar