12:44 / 17.02.2023
748

Lukashenko Belarus qanday holatda urushga qo‘shilishini aytdi

Lukashenko Belarus qanday holatda urushga qo‘shilishini aytdi
Kecha 16 fevral kuni Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina tomonidan Belorus hududiga tajovuz bo‘lgandagina Minsk jangovar harakatlarga kirishishini aytdi.

«Men Belorus hududidagi rus askarlari bilan birgalikda faqat bitta holatdagina Ukrainaga qarshi jang qilishga tayyorman. Agar Ukrainadan hech bo‘lmaganda bitta askar Belorus hududiga mening xalqimni o‘ldirish uchun kelsa, urush umuman boshqacha ko‘rinishida davom etadi», – deydi Lukashenko.

Belorus prezidentining tushuntirishicha, bu so‘zlar nafaqat Kiyevga, balki boshqa qo‘shni davlatlarga ham tegishli.

Shuningdek, U hozirda rasmiy Minsk Ukraina hududiga qo‘shin yuborishni rejalashtirmayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, bugun Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo