22:33 / 17.02.2023
1 080

Zaporojeda okoplar qazigan o‘zbekistonlik ishchilarga va’da qilingan pul to‘lanmadi

Zaporojeda okoplar qazigan o‘zbekistonlik ishchilarga va’da qilingan pul to‘lanmadi
Foto: Videodan kadr
Zaporoje viloyatida okoplar qazigan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga bitta xandaq uchun va’da qilingan 800 ming rubl to‘lanmagani ma’lum qilindi. Bu haqda Baza telegram kanali xabar berdi.

Tojikistonlik ishchiga xandaq qazishni taklif qilishgan va u rozi bo‘lgan. U 32 kishi, jumladan O‘zbekistondan kelgan ishchilar bilan bosib olingan hududlarga jo‘natilgan. Bir oy ichida tojikistonlik erkak ikkita xandaq qazgan, lekin uni ishga taklif qilgan pudratchi 595 ming rubl to‘lagan. Tojikiston fuqarosi pul to‘lash talabi bilan “ish beruvchi”siga qo‘ng‘iroq qilgan, lekin u rozi bo‘lmagan.

Foto: BAZA
Moskvaga qaytib kelgach, tojikistonlik erkak politsiyaga ariza yozgan, yana uch nafar ishchi ham shunday qilgan. Biroq tojikistonlik erkakka noma’lum raqamlardan qo‘ng‘iroq kelgan, undan arizasini qaytarib olish so‘ralgan va tahdid qilingan.

"Ba’zi quruvchilar hozircha Moskvaga qaytib kela olmayapti. Kimdir ko‘richak bilan og‘rigan, yana bir ishchi barmog‘idan ayrilgan, ammo ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmagan”, — deya xabar bergan erkak.

Foto: BAZA

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo