![AQSH razvedkasi: Ukrainada 30 mingdan ortiq «vagnerchi» halok bo‘ldi](/uploads/posts/2023-02/cfddiftwlts9pne3k0tzktpyir7wzfbw.jpg)
Foto: Reuters
Ukrainada, AQSH razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 30 mingdan ortiq «Vagner» XHK jangarilari halok bo‘lgan va o‘tgan yilning dekabr oyi boshidan beri o‘ldirilgan yollanma askarlarning 90 foizi sobiq mahbuslardir, deya ma’lum qildi Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi. Sky News uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Kirbining so‘zlariga ko‘ra, «vagnerchilar» Donetsk viloyatining Baxmut va Soledar mintaqasidagi Rossiya hujumida faol ishtirok etgan va XHKning o‘zi asosan «Ukrainada jang qilish uchun qamoqxonalardan ozod qilingan jinoyatchilar»dan iborat.
Bir necha soat oldin Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi «Vagner» XHK Ukrainaga juda ko‘p mahkumlarni jo‘natganini va ular orasida «yo‘qotish darajasi 50 foizga yetganini» aytgandi.
Ukrainada Rossiya urushi boshlanganidan beri, Rossiya Mudofaa vazirligi va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi kuchlarining 175-200 ming jangchisi halok bo‘lgan va yaralangan bo‘lishi mumkin. Bunday ma’lumotlar Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining 17 fevral kuni kundalik hisobotida keltirildi.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 40-60 ming harbiy halok bo‘lgan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada «qisman safarbarlik» o‘tkazilgan 2022 yil sentyabridan buyon ularning soni sezilarli darajada oshgan.
Zamonaviy standartlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va yaradorlar nisbati - yuqori, deb ta’kidladi Britaniya razvedkasi. Bu, albatta, shaxsiy tarkibning ko‘pchiligi uchun o‘ta qoniqarsiz tibbiy yordam bilan bog‘liq, deyiladi hisobotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar