![Turkiyada yaqin kunlarda yana bir zilzila yuz berishi mumkin](/uploads/posts/2023-02/hhnnnmhuog0pfavzi5rwvfohuktrfa37.jpg)
Foto: Reuters
Turkiyada yaqinda sodir bo‘lgan vayronkor zilziladan jabr ko‘rgan hududlardagi odamlar yangi zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. Seysmologlar 5 balldan ortiq takroriy silkinishlarni kutishmoqda, deb xabar berdi Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili 17 fevral, juma kuni.
Hozirda mintaqada yer silkinishlari har to‘rt daqiqada sezilmoqda. Hozirgacha 4700 dan ortiq yerosti silkinishlari qayd etilgan, ulardan qirqtasi to‘rtdan ortiq magnitudaga ega. «Bu juda noodatiy holat», dedi rasmiy vakil. Shaharsozlik vaziri Murat Kurum ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida Turkiyada 84 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.
Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda hamon odamlarga uylariga qaytmaslik va binolardan uzoqroq turish tavsiya etilyapti. Biroq, muqobil variant yo‘qligi sababli, mahalliy aholi kiyim-kechak va shaxsiy buyumlar uchun uyga qaytishga majbur. Turkiya rasmiylariga ko‘ra, yaqinda yuz bergan zilzila oqibatlaridan 20 million kishi jabr ko‘rgan. Birgina Turkiyada 38 000 dan ortiq, qo‘shni Suriyada esa kamida 5 900 kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar