
Turkiyaning G‘oziantep shahridagi zilzila oqibatida qulagan uy vayronasi ostidan 2 million dollarga yaqin pul topildi va politsiyaga topshirildi. Bu haqda Haber Lutfen xabar berdi.
Qutqaruvchilar turar-joy majmuasi vayronalari ostidan bir kishini olib chiqish vaqtida pullarni ko‘rib qolishgan.
«Odamning yonida 2 million dollar bor edi, qutqaruvchilar pulni politsiyaga topshirdi. Yigitlarimiz birinchi navbatda odam hayotini saqlab qolish uchun harakat qilishadi. Topilgan qimmatli narsalar esa politsiyaga topshiriladi – bunday holatlar ko‘p», dedi G‘oziantep yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Jafar Yilmaz.
Avvalroq, qutqaruvchilardan biri vayronalar ostidan 4 mln dollar topib, politsiyaga topshirgani, ammo pullar qalbaki bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar