06:43 / 25.02.2023
577

Zelenskiy nima uchun harbiy uslubda kiyinishini aytdi

Zelenskiy nima uchun harbiy uslubda kiyinishini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning bosqini boshlanganidan beri kiyinish uslubidagi o‘zgarishlarga izoh berdi. Siyosatchi BBC’ga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Zelenskiy 2022 yil 24 fevraldan boshlab ommaviy, ishbilarmonlik uchrashuvlari, brifinglar va xalqaro tashriflarda ham harbiy kiyimda chiqishni boshladi. Ukraina rahbari oxirgi marta 23 fevral kuni Rossiya bosqini arafasida klassik uslubda “prezidentlik kostyumi”da ko‘rinish bergandi. Zelenskiy zamon o‘zgargani, shuning uchun uning qiyofasi ham o‘zgargani, chunki bunday vaziyatda kostyum kiyish g‘alati hisoblanishini aytdi.

Siyosatchi Rossiya qo‘shinlari bosqinining birinchi kunida o‘z jamoasi a’zolari maslahati bilan harbiy kiyimga “o‘tganini” tasdiqladi.

Albatta, men o‘zim bilan kostyum olib yurmayman. Yordamchilarimdan biri balki buni sinab ko‘rarsiz, deya harbiy formani ko‘rsatdi. Men rozi bo‘ldim va shunday kiyinishni boshladim. Bu odamlar uchun qulayroq va tushunarliroq bo‘ladi. Axir bu urush bo‘lsa, kostyumda bo‘lish juda g‘alati”, — dedi prezident.

Shu bilan birga, Zelenskiy ukrainaliklar uni albatta kostyum va galstukda ko‘rishiga, Ukrainaning Rossiya bilan urushdagi g‘alabasi “tinch mamlakat” prezidenti uslubiga qaytish uchun ajoyib sabab bo‘lishiga ishontirdi.

G‘alabamizdan keyin, balki g‘alaba kuni kostyumda ko‘rinish berarman. Lekin, albatta, shunday bo‘ladi, chunki o‘sha payt tinch mamlakat prezidenti bo‘laman. Bunga ishonchim komil”, — dedi u.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy nima uchun harbiy uslubda kiyinishini aytdi