08:30 / 26.02.2023
668

Rossiya Xitoydan hujumchi dronlar olmoqchi

Rossiya Xitoydan hujumchi dronlar olmoqchi

Xi'an Bingo Intelligent Aviation Technology kompaniyasi 2023 yil apreligacha yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan 100 dona ZT-180 hujumchi dronlarini ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazishga kelishib oldi. Keyinchalik Xitoy korxonasi Rossiyaga dronlarni mustaqil ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar va texnologiyalar yuborishni rejalashtirmoqda.

Harbiy ekspertlarning fikricha, ZT-180 konstruksiyasi Eronning Shahed-136 droniga o‘xshash bo‘lib, og‘irligi 35 dan 50 kilogrammgacha bo‘lgan jangovar kallakni ko‘tara oladi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Xitoy allaqachon Rossiyaga Ukrainadagi urushda razvedka uchun foydalaniladigan dronlarini berib kelyapti. Xitoy davlat korporatsiyalari ularni BAA orqali yetkazib bermoqda.

Shu bilan birga, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat harbiy mahsulotlar eksportiga mas’uliyat bilan yondashib, harbiy mojaro zonalariga qurol yetkazib bermasligini aytdi.

Eronning Shahed-136 uchuvchisiz parvoz apparatlari Rossiya tomonidan fuqarolik va energetika obyektlariga hujum qilishda foydalanilmoqda. Rossiya tomoni bu ayblovlarni rasman rad etgan. Biroq oktabr oyida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakili RBK telekanalining jonli efirida Eron qurollari qo‘llangani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Eron Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berganini tan oldi. AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Eron rasmiylari va kompaniyalariga Rossiyaga kamikadze dronlarini yetkazib bergani uchun sanksiyalar kiritdi.

Moskva va Tehron, shuningdek, Rossiya hududida Eron tomonidan loyihalashtirilgan dron ishlab chiqarish zavodini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yangi korxona kamida 6000 dona dron ishlab chiqara oladi. Ularning ayrim turlari tezkorroq bo‘lib, ularda Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimidan omon qolish imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Xitoydan hujumchi dronlar olmoqchi