1 032
Putin yangi qonunni imzoladi: Yevropa kengashining 20 ta xalqaro shartnomasi Rossiya uchun kuchini yo‘qotdi
28 fevral sanasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘plab qonunlarni imzoladi. Ulardan biri Yevropa kengashi nizomi hamda tashkilotning 20 ta xalqaro shartnomasi Rossiya uchun kuchini yo‘qotgani to‘g‘risidagi qonun.
Jami 21 ta hujjat denonsatsiya qilindi, ular jumlasida — terrorizmga barham berish hamda inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risidagi Yevropa xartiyasi, Yevropa ijtimoiy xartiyasi va boshqalar bor.
Putin, qolaversa, Rossiya tomoni jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi YEK konvensiyasini ham denonsatsiyalovchi qonunga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 15 mart kuni Rossiya Yevropa kengashini tark etgan, 16 mart kuni tashkilot Rossiyani rasman a’zolikdan chiqargan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar