20:09 / 02.03.2023
894

Lavrov Blinkenning Markaziy Osiyoga tashrifi maqsadini aytdi

Lavrov Blinkenning Markaziy Osiyoga tashrifi maqsadini aytdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrifidan maqsad bu davlatlarning Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘q qilish ekanini aytdi. Uning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirdi.

«Ular (AQSH) buni yashirmaydi. Ular bu davlatlarning Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlamoqda», dedi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH, YEI va Buyuk Britaniya vakillari MDH davlatlarida faollikni oshirgan.

28 fevral kuni Blinken O‘zbekiston poytaxti Toshkentga ilk bor tashrif buyurdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov uchrashuv «juda samarali» bo‘lganini aytib, Vashingtonga O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan boshlangan islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirgan edi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo