Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev NATO davlatlarini Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishdan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga bunday samolyotlar bilan bog‘liq har qanday yordam, jumladan, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash alyansning Rossiyaga qarshi urush ochish sifatida baholanadi.
Medvedev, shuningdek: "Bunday texnika yoki qurollarni yetkazib berish, ta’mirlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan barcha shaxslar, chet ellik yollanma askarlar va harbiy instruktorlar nishon sifatida ko‘rilishi kerak", deya ta’kidladi.
Avvalroq Varshava Ukrainaga qiruvchi samolyotlarni yetkazishga tayyor ekanligini e’lon qilgan bo‘lsa, bosh vazir Mateush Moravetskiy Polsha NATO davlatlaridan birinchi bo‘lib buni amalga oshirmasligini ta’kidlagan.
Medvedev o‘z postlarida muntazam ravishda Polshani eslab turadi. Ukrainaga bostirib kirishining bir yilligi munosabati bilan u Kiyevdan kelayotgan tahdidlarni qaytarish uchun Rossiya Polshaga yetib borishi kerakligini, aks holda Ukraina kuchlari yana “dunyo mojarosini qo‘zg‘atadi” deb yozgan edi. U, shuningdek, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari AQSH qarorlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun uni “Yevropa manfaatlariga xiyonat qilishda” aybladi.
Bundan tashqari, Medvedev: "Varshava Ukrainani bo‘lib olishni va o‘ziga bir qancha hududlarni egallashni ko‘zlab turibdi", deya ta’kidladi. Xuddi shunday ishora bilan Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ham bayonot berdi.
Avvalroq Polsha prezidenti Andjey Duda ittifoqchilar Ukrainaga zaruriy harbiy texnikani zudlik bilan jo‘natishlari kerakligini, chunki Rossiya g‘alaba qozonsa, prezident Vladimir Putin bu bilan to‘xtab qolmasligini ta’kidlagan.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Polshani Ukrainadan keyingi "nishon" deb atadi. Bosqinchilik uchun bahona yaratish uchun u "Qrim ssenariysi" dan foydalanishni taklif qildi. Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya katta qismi Polsha tarkibiga kiruvchi Sileziya avtonomiyasi bo‘yicha “referendum” o‘tkazishga yordam berishi, so‘ngra butun mamlakatni “denatsifikatsiya va demilitarizatsiya” qilishi kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)