16:47 / 05.03.2023
572

“Tolibon” va Eron chegarachilari o‘rtasida otishma boshlandi

“Tolibon” va Eron chegarachilari o‘rtasida otishma boshlandi

Afg‘onistonning Nimro‘z viloyatida “Tolibon” va Eron o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar o‘rtasidagi otishma hali ham davom etmoqda. Har ikki tomon ham yengil va og‘ir qurollardan foydalanmoqda. Manbalarga ko‘ra, Eron chegarachilarining snaryadlari Nimro‘z viloyati markazi Zaranj shahridagi “Tolibon” politsiya shtab-kvartirasi atrofiga ham kelib tushgan. Hozircha otishma sababi ma’lum emas.

20 fevral kuni Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi Torxam nazorat-o‘tkazish punktida “Tolibon” jangchilari va Pokiston harbiylarining qurolli to‘qnashuvi yuz bergandi. To‘qnashuvda tomonlar og‘ir va yengil qurollardan foydalanilgani ma’lum qilingan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo