14:40 / 07.03.2023
354

Qozog‘istonda poraxo‘r amaldorlar puliga 70 ta maktab quriladi

Qozog‘istonda poraxo‘r amaldorlar puliga 70 ta maktab quriladi

Bu yil Qozog‘istonda poraxo‘r amaldorlar puliga 70 ta maktab quriladi. Bu haqda ta’lim vaziri G‘ani Beysembayev ma’lum qildi.

«Bu yil 70 dan ortiq maktab korrupsionerlar puliga quriladi. Buning uchun bizda hujjat va ro‘yxatlar allaqachon mavjud. Tez kunlarda bu ro‘yxat qo‘llab-quvvatlanadi va maktab qurilishi uchun mablag‘ ajratiladi. Maktab qurilishi deyarli 20 ta viloyatni qamrab oladi», – deydi Beysembayev.

Loyihada mavjud ta’lim muassasalarini ta’mirlash ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston Moliya vazirligining maxsus hisob raqamida poraxo‘r amaldorlardan musodara qilingan 120 milliard tenge mablag‘ jamg‘arilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo