23:12 / 07.03.2023
618

Turkiyadagi zilzilalar keltirgan zarar miqdori baholandi

Turkiyadagi zilzilalar keltirgan zarar miqdori baholandi

BMT Taraqqiyot dasturining Turkiyadagi doimiy vakili Luiza Vinton fevral oyi boshida Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzilalarning iqtisodiy zarari haqida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, zilzila sabab faqat Turkiyaning o‘zida 100 milliard dollardan oshiq zarar vujudga kelgan.

Vakilning ta’kidlashicha, zararni baholash hali ham davom etmoqda va 16 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa ittifoqi donor davlatlari konferensiyasida yakunlanadi.

«Zarar 100 milliard dollardan oshiqroq bo‘lishi allaqachon aniq», deydi Uinton Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila natijasida 600 mingdan ortiq xonadon va idoralar joylashgan 200 mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 6 mart kuni vazirlar mahkamasi yig‘ilishida 46 104 kishi zilzila qurboni bo‘lganini, jiddiy shikastlangan binolar soni 230 mingga yetganini aytgandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo