13:50 / 14.03.2023
170

Ukrainada 22 mingga yaqin tinch aholi vakili Rossiya tajovuzi qurboniga aylandi

Ukrainada 22 mingga yaqin tinch aholi vakili Rossiya tajovuzi qurboniga aylandi

Foto: AP

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi 22 mingga yaqin tinch aholi Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi qurboniga aylanganini ma’lum qildi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil fevral oyi oxirida Rossiya bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada 8 231 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 13 734 nafari yaralangan. BMT 3 664 erkak, 2 173 ayol, 260 o‘g‘il va 203 qiz bola halok bo‘lganini tasdiqladi. 31 nafar bolaning va 1 900 nafar kattalarning jinsi hali aniqlanmagan.

Butunjahon tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bosqini paytida 17 619 qurbon (6 372 o‘lik va 11 247 yarador) Ukraina nazorati ostida bo‘lgan hududda qayd etilgan. Joriy yilning 1 martidan 12 martigacha BMT Ukrainada tinch aholi orasida 293 nafar qurbonlarni aniqlagan – 84 kishi halok bo‘ldi va 209 nafari yaralandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha, jabrlanganlar bo‘yicha haqiqiy raqamlari ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki shiddatli janglar bo‘lgan ba’zi joylardan ma’lumotlar kechikib keladi va ko‘plab xabarlar hali tasdiqlanmagan.

Bu Mariupol, Lisichansk, Popasna va Severodonetskka tegishli bo‘lib, u yerda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar bor.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo