19:27 / 16.03.2023
193

Polsha Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini topshiradi

Polsha Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlarini topshiradi

Polsha yaqin kunlarda Ukrainaga to‘rtta MiG-29 qiruvchi samolyotini topshiradi, deya xabar berdi prezident Anjey Duda.

Kelajakda Varshava Kiyevga va’da qilingan qolgan 12 nafar qiruvchi samolyotni ham beradi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda CNN telekanaliga bergan intervyusida Varshava Kiyevga mamlakat harbiy-havo kuchlarida foydalanishda bo‘lgan bir qancha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini jo‘natmoqchi ekanini aytgandi.

«Biz bu qiruvchi samolyotlarni topshirishga tayyormiz va ishonchim komilki, Ukraina ulardan darhol foydalanishga tayyor holatda bo‘ladi», — deya uning so‘zlari ingliz tiliga tarjima qilingan.

Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad Facebook'da Ukrainaga MiG qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti kelganini yozgan edi. Idora boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Polsha bu yo‘nalishda birgalikdagi harakatlarga tayyorligini bildirgan.

«Menimcha, qaror qabul qilish vaqti keldi», dedi Nad. «Ukrainada odamlar o‘lmoqda, biz ularga haqiqatan ham yordam bera olamiz», deya qo‘shimcha qildi u hamda siyosatga o‘rin bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo