Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gan ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida, xususan xitoylik vazir Rossiya-Ukraina mojarosining cho‘zilib ketganidan jiddiy xavotir bildirgan.
«Umid qilamizki, barcha tomonlar xotirjam, oqilona va vazminlikni saqlab, tinchlik muzokaralarini imkon qadar tezroq davom ettiradi va siyosiy kelishuv relslariga qaytishni talab qiladi.
Ukraina va Rossiya muloqot va muzokaralarga umidini saqlab qoladi va ular qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, siyosiy yechim eshigini yopmaydi», — degan Sin Gang suhbat davomida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Ukraina mojarosini yechishda o‘z taklifini o‘rtaga tashlagandi. Bu tashabbus G‘arb tomonidan sovuq kutib olindi va «Rossiya tegirmoniga suv quyish» deya baholandi.
Shuningdek, Xitoy rahbari Si Szinpin ham tez orada Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan muzokalar o‘tkazishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)