date
views 273

Erdog‘an zilzilalar qancha zarar keltirganini aytdi

Erdog‘an zilzilalar qancha zarar keltirganini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an kecha 6 fevral kuni mamlakatda yuz bergan ikki zilzila oqibatida yetkazilgan zarar 104 milliard dollarga baholanganini aytdi.
 
Erdog‘an, Bryusselda videoaloqa orqali o‘tkazilgan xalqaro donorlar konferensiyasida so‘zlagan nutqida: «Iqtisodiy ahvolidan qat’i nazar, hech bir davlat bu kattalikdagi falokatni o‘zi hal qila olmaydi» dedi. Turkiya janubi-sharqida va Suriyaning urushlar davom etayotgan qismlarida halokatli zilzilalar 56 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Yana minglab odamlar jarohatlangan.
 
Hukumatining bir yil ichida tabiiy ofatlar tufayli ko‘chirilganlarning hammasini joylashtirish uchun uylar qurishi kerakligini aytgan Erdog‘an, 11 viloyatda 298 ming uyning zarar ko‘rganiga diqqat qaratdi. “Biz hech qachon do‘stlarimiz, YEI, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘rsatgan yordamni unutmaymiz”, deb qo‘shimcha qildi u.
 
Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen: «Omon qolganlarning ehtiyojlari juda kattaligicha qolmoqda va zudlik bilan hal qilinishi kerak», degan. U Turkiya va Suriyaga insonparvarlik yordami uchun 108 million yevro (113,8 million dollar) ajratishga va’da berdi.
 
OXFAM'ning Suriya bo‘yicha direktori Mu’taz Adham yangi majburiyatlar “falokat yuz berganda ochlik, inflyatsiya va qashshoqlik bilan kurashayotgan ko‘plab suriyaliklar uchun hayot yo‘li bo‘lishi mumkin. Biroq bizga insonparvarlik  yordamidan tashqari uzoq vaqtga mo‘ljallangan yechim kerak”, degan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an zilzilalar qancha zarar keltirganini aytdi