15:44 / 24.03.2023
237

Slovakiya Ukrainaga 4 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini yubordi

Slovakiya Ukrainaga 4 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini yubordi

Slovakiya ukrainalik harbiylarga dastlabki to‘rtta MiG-29 qiruvchi samolyotini yubordi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, transportirovka ukrainlik uchuvchilar tomonidan amalga oshirilgan. Samolyotlar Ukraina hududiga yetib borgan.

«Qolgan samolyotlar Ukrainaga yaqin haftalar ichida yetkazib beriladi», — deya qo‘shimcha qilgan Nad va xavfsizlik yuzasidan boshqa tafsilotlarni ochiqlamasligini bildirgan. Slovakiya Ukraina qurolli kuchlariga jami 13 ta qiruvchi samolyot yetkazib berishni rejalashtirgan.

  • Slovakiya hukumati Ukrainaga MiG-29 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish bo‘yicha mart oyida qaror qabul qilib, bunday qarorga kelgan ikkinchi davlat bo‘lgandi. O‘z qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berishga rozi bo‘lgan birinchi mamlakat Polsha edi, bu davlat o‘z qarori haqida Slovakiyanikidan bir kun oldin e’lon qilgandi. Varshava Kiyevga to‘rtta MiG-29 samolyoti yetkazib bermoqchi.
  • O‘z navbatida Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad qiruvchilar yetkazib berilishi evaziga mamlakat 849 million dollar miqdorida tovon puli olishi, bu AQShdan zamonaviy harbiy texnikalarni ham o‘z ichiga olishini aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo