16:50 / 25.03.2023
199

Britaniya razvedkasi: Rossiya kuchlari mudofaaga qaytmoqda

Britaniya razvedkasi: Rossiya kuchlari mudofaaga qaytmoqda
Rossiyaning Baxmutga hujumi deyarli to‘xtab qoldi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining harbiy razvedkasiga ko‘ra, bu Rossiya harbiy kuchlarining haddan tashqari charchaganidan dalolat beradi. Idoraning kundalik razvedka hisobotlaridan keltirishicha, Ukraina ham shaharni mudofaa qilish paytida katta yo‘qotishlarga uchragan.
 
«Moskva uchun vaziyat Rossiya Mudofaa vazirligi va «vagner»chilar o‘rtasidagi taranglik tufayli yanada og‘irlashmoqda.
 
Rossiya o‘z e’tiborini Donbassdagi boshqa shaharlarga – Avdeyevkaga (Baxmut janubida) va Kremennaya va Svatovo sektorlariga (shimolga) qaratyapti», – deyiladi hisobotda.
 
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus harbiylari bu hududlarda front chizig‘ini barqarorlashtirishga harakat qilmoqda.
 
«Bularning barchasi shu yilning yanvar oyidan boshlab hujumni boshlashga bo‘lgan zaif urinishlarning mudofaa sxemasiga qaytishiga o‘xshaydi», – deyiladi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining harbiy razvedkasi hisobotida.
 
Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Entoni Radakin bilan telefon orqali suhbatda Baxmut yo‘nalishida vaziyat eng qiyin bo‘lib qolayotganini, biroq ukrainalik harbiylarning sa’y-harakatlari tufayli vaziyatni barqarorlashtirish mumkinligini aytgan edi.
 
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham joriy haftada Baxmut yaqinidagi harbiylar bilan ko‘rishgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo