![BAA prezidenti o‘g‘lini Abu-Dabi valiahd shahzodasi etib tayinladi](/uploads/posts/2023-03/photo_426011.jpg)
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon o‘g‘li shayx Xolid bin Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni Abu-Dabi valiahd shahzodasi etib tayinladi.
DW nashri ta’kidlashicha, shayx Xolidning tayinlanishi Abu-Dabida hokimiyatni yanada markazlashtiradi. Bu, shuningdek, Saudiya Arabistoni singari Fors ko‘rfazining boshqa davlatlarida bo‘lgani kabi, o‘g‘il va aka-uka o‘rtasidagi vorislik tendensiyasini ham aks ettiradi.
Nashrda qayd etilganidek, BAA prezidenti mamlakat oliy rahbariyatida qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Jumladan, u Britaniyaning “Manchester Siti” futbol klubi xo‘jayini, o‘zining ukasi Mansur bin Zoid Al Nahayonni mamlakat vitse-prezidenti etib tayinladi. Yangi vitse-prezident tayinlanishi bilan davlat rahbari bir vaqtning o‘zida ikkita o‘rinbosarga ega bo‘ladi, birinchisi — Dubay hukmdori Muhammad bin Roshid Al Maktum.
Davlat rahbari o‘z ukalari — shayxlar Hazza va Tahnuani amirlik hukmdori o‘rinbosarlari etib tayinladi. Ular, shuningdek, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi.
Bundan tashqari, prezident o‘zi boshqaradigan Abu-Dabi Ijroiya kengashi — amirlikning markaziy boshqaruv organini isloh qildi. Bundan buyon valiahd shahzoda, ya’ni shayx Xolid bin Muhammad Al Nahayon kengashga rahbarlik qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar