14:33 / 31.03.2023
290

Pentagon: Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol evaziga oziq-ovqat taklif qilmoqchi

Pentagon: Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol evaziga oziq-ovqat taklif qilmoqchi
Foto: Reuters
AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol-yarog‘ evaziga oziq-ovqat taklif qilish uchun Pxenyan ga rasmiy delegatsiya jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qildi. U Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi har qanday kelishuv, jumladan, qurol-yarog‘ bitimi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzishini aytdi.
 
AQSH avvalroq ham KXDRni Rossiya harbiylari va “Vagner” yollanma askarlarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlaganlikda ayblagan edi, Pxenyan esa bu ayblovlarni qat’iyan rad etgan.
 
Matbuot anjumanida Jon Kirbi hozir AQSHda Moskva va Pxenyan o‘rtasida tuzilishi mumkin bo‘lgan kelishuv haqida yangi ma’lumotlar borligini aytdi.
 
Bilishimizcha, Rossiya Shimoliy Koreyaga delegatsiya jo‘natib, ularga o‘q-dorilar evaziga oziq-ovqat taklif qilmoqchi”, — dedi u.
 
AQSH voqealar rivoji va taklif qilingan kelishuvni diqqat bilan kuzatib bormoqda”, — qo‘shimcha qildi Kirbi.
 
30 mart kuni AQSH Moliya vazirligi Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilgan Slovakiya fuqarosi Ashot Mkrtichevni qora ro‘yxatga kiritgan edi. Vazirlik vakillarining ta’kidlashicha, Mkrtichev shu vaqtgacha bir qator bitimlar va savdolarni tashkillashtirgan, bu esa Shimoliy Koreyaga 2022 yil oxiri — 2023 yil boshida valyuta, fuqarolik samolyotlari, tovarlar va xom ashyo evaziga Rossiyaga qurol jo‘natish imkonini bergan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo