![Putin kelasi hafta «katta yig‘ilish» o‘tkazishi aytilmoqda](/uploads/posts/2023-04/1680458630_920__95_1728525366.jpg)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Xavfsizlik kengashining to‘liq yig‘ilishini chaqiradi.
Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lumot bergan. Kengashning bunday formatdagi yig‘ilishi oxirgi marta 2022 yil oktyabr oyida bo‘lgan.
«Ha, Xavfsizlik Kengashi rejalashtirilgan. Mavzuni keyinroq ma’lum qilamiz», — dedi Dmitriy Peskov Kremlga yaqin OAVlarga.
Mavzu Ukrainadagi urushning borishiga aloqadorligi ehtimoli juda katta.
2 aprel kuni namoyish etilgan «Moskva. Kreml. Putin» ko‘rsatuvida ham Rossiya rahbari «katta Xavfsizlik kengashi» yig‘ilishini o‘tkazishi aytilgan.
Odatda Rossiya prezidentining Xavfsizlik Kengashi a’zolari bilan uchrashuvlari muntazam ravishda o‘tkaziladi: bunday uchrashuvlar qoida tariqasida, haftada bir marta bo‘ladi.
Kengashning to‘liq formatdagi majlislari uning barcha a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi. Xavfsizlik Kengashiga huquq-tartibot idoralari rahbarlari, prezidentning vakolatli vakillari, parlament palatalari rahbarlari kiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar