08:28 / 05.04.2023
286

Trampga ayblov e’lon qilindi va qo‘yib yuborildi

Trampga ayblov e’lon qilindi va qo‘yib yuborildi
Foto: Reuters
4 aprel kuni Nyu-Yorkdagi Manhetten jinoiy sudi AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi 34 ta punkt bo‘yicha jinoiy ayblov e’lon qildi.
 
Qonunga ko‘ra, Tramp sud mahkamasidan oldin rasmiyatchilik yuzasidan hibsga olindi.
 
Undan barmoq izlari olinishi va qo‘liga kishan urilishi kutilgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi, deb xabar berdi CBS. Mahkama yopiq eshiklar ortida o‘tdi.
 
Donald Trampga qo‘yilgan asosiy ayblov 2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi uchun mablag‘larni o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u pornografik aktrisa Stormi Denielsga ishqiy munosabatlari haqida sukut saqlagani uchun kampaniya fondidan 130 ming dollar to‘lagan.
 
Tramp va uning advokatlari barcha ayblovlarni rad etdi.
 
Shundan so‘ng, sobiq prezident sud zalini tark etdi. Undan hibs olib tashlandi.
 
Tramp sud mahkamasida 2 soatga yaqin ishtirok etdi.
 
Keyingi sud mahkamasi 4 dekabr kuniga belgilandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo