13:00 / 07.04.2023
758

Rossiya qo‘shinlarining hujumi Baxmut hududida yana jadal tus ola boshladi

Rossiya qo‘shinlarining hujumi Baxmut hududida yana jadal tus ola boshladi
Foto: AP
So‘nggi kunlarda Baxmut hududida Rossiya qo‘shinlarining hujumi yana tezlasha boshladi. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligining kundalik hisobotida aytiladi.
 
2023 yil mart oyi oxiridan beri hech qanday olg‘a siljish kuzatilmadi. Britaniya razvedkasining ta’kidlashicha, Rossiya yanada ilgarilab ketishni boshladi va endi shahar markaziga kirib, Baxmutka daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini egallab olishi mumkin.
 
«Ukrainaning shahar g‘arbidagi 0506-asosiy ta’minot yo‘li jiddiy xavf ostida bo‘lishi mumkin», - deyiladi hisobotda.
 
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Rossiya muntazam kuchlari, jumladan, havo-desant qo‘shinlari ham hujumni kuchaytirdi va Rossiya yana bu sektorda artilleriyadan samaraliroq foydalanmoqda.
 
Tahlilchilarga ko‘ra, mahalliy darajada «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi qo‘mondonlari va Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zaro nizoni to‘xtatib, aloqani yaxshilagan bo‘lishi ehtimoli bor.
 
6 aprel kuni Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlarining Baxmut va shahar atrofidagi pozitsiyalariga hujum qilishda davom etdi, deyiladi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) bayonotida.
 
Institut mutaxassislari geolokatsiya ma’lumotlari asosida hududdagi jangovar harakatlarning yangilangan xaritasini chop etdi.
 
ISW ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar shaharning markaziy qismida biroz olg‘a siljigan, biroq unchalik katta muvaffaqiyatga erishmagan, Ukraina harbiylari esa Baxmutdan 6 kilometr g‘arbda «Vagner»ning quruqlikdagi hujumlarini qaytargan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo