![Medvedev: «Ukraina yo‘q bo‘lib ketadi, bizga Buyuk Rossiya kerak»](/uploads/posts/2023-04/230408175957.jpg)
Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Rossiya, Yevropa, AQSH, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi, shuningdek, o‘z fuqarolariga ham «Ukraina kerak emas» va shuning uchun u «yo‘q bo‘lib ketadi», deb iddao qilgan.
Medvedevning ta’kidlashicha, Ukrainaning mavjudligidan hech bir davlat, qit’alar manfaatdor emas va Ukraina aholisining munosabati «45 milliondan 20 dan bir oz ko‘prog‘i u yerda qolgan»ligida namoyon bo‘ladi.
Rossiya Federatsiyasining sobiq prezidentining fikricha, Ukraina 1991 yilda «millionlab vatandoshlar» yashaydigan «Rossiyaning bo‘laklari» ekan va shu sababli «Buyuk Rossiya»ni qayta tuzish lozim emish.
«Sayyoramizda hech kimga bunday Ukraina kerak emas. Shuning uchun u yo‘q bo‘ladi», - deya xulosa qilgan Medvedev.
Shuni eslab o‘tish joizki, 2010 yilda Medvedev umuman boshqacha gapirgan, Rossiya va Ukraina juda yaqin davlatlar ekanligi, o‘zaro aloqalar darajasini sheriklikka o‘tkazish kerakligini aytgan, shuningdek, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi hamkorlikni «jonlantirish»ga chaqirgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar