11:57 / 12.04.2023
126

AQSH va Filippin eng yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

AQSH va Filippin eng yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Foto: Reuters
AQSH va Filippin 11 aprel, seshanba kuni tarixdagi eng yirik Balikatan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshladi, unda 17 mingdan ortiq askar ishtirok etadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar Xitoyning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harakatlaridan xavotir fonida mustahkamlanmoqda, deya qayd etadi Reuters.
 
Jangovar otishma, desant va aviatsiya operatsiyalari, kibermudofaa va terrorizmga qarshi kurashni o‘z ichiga olgan manyovrlar taxminan uch hafta, 28 aprelgacha davom etadi. Mashg‘ulotlarning maqsadlaridan biri «dengiz zarbasini berish bo‘yicha qo‘shma taktika va tartiblarni o‘rganishdir», dedi Filippin tomonidan manyovrlar rahbari, general-mayor Marvin Likudin.
 
Amerikalik general-mayor Erik Ostin, o‘z navbatida, Balikatan mashg‘ulotlari ularda ishtirok etuvchi tomonlarning «haqiqiy chaqiriqlarga birgalikda javob berish» tayyorgarligini ta’minlashini ta’kidladi. Bundan tashqari, bu hafta Vashingtonda AQSH va Filippin mudofaa kotiblari va tashqi ishlar vazirlarining yetti yil ichida birinchi uchrashuvi bo‘ladi.
 
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 10 aprel, dushanba kuni AQSH-Filippin qo‘shma mashg‘ulotlarini tanqid qilib, ular «Janubi-Xitoy dengizidagi bahslarga aralashmasligi, Xitoyning hududiy suvereniteti, dengiz huquqlari hamda xavfsizlik manfaatlariga kamroq zarar yetkazishi kerak», deya ma’lum qildi.
 
Shu bilan birga, bir kun avval Xitoy Tayvan yaqinida o‘zining uch kunlik harbiy mashg‘ulotlarini yakunladi, ular davomida aniq zarbalar berish va rasmiy Pekin o‘z hududi deb hisoblaydigan orolni blokada qilish amaliyoti o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo