18:24 / 24.04.2023
617

Rossiyada rekord darajada kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda

Rossiyada rekord darajada kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda
Rossiyada 2023 yilning birinchi choragi (yanvar-mart) natijalariga ko‘ra, 2022 yilning to‘rtinchi choragiga (oktyabr-dekabr) nisbatan kadrlar yetishmovchiligi rekord darajaga ko‘tarildi.
 
Bu haqda «Kommersant» gazetasi Rossiya bankining «Korxonalar monitoringi» sotsiologik so‘rovi ma’lumotlariga asoslanib yozdi.
 
Regulyator Rossiya iqtisodiyotining moliyaviy bo‘lmagan sektorlaridan 14 ming ish beruvchi bilan suhbat o‘tkazdi. Tadqiqotchilar Markaziy bank kuzatuvlari boshlanganidan beri (1998 yildan beri) kadrlar masalasi eng past ko‘rsatkichlarga tushib, -18 ballni tashkil etdi degan xulosaga kelishdi.
 
Eng keskin vaziyat ishlab chiqarish (-28 ball), sanoat korxonalari (-25 ball), suv ta’minoti (-23 ball), tog‘-kon sanoati, shuningdek, yetkazib berish va saqlash sohasi (har biri -22 ball) sohasida shakllangan.
 
Xodimlarning eng kam taqchilligi avtomobillar savdosida (-10), ulgurji savdoda (-13) va xizmat ko‘rsatish sohasida (-14) qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo